14:37 / 03.09.2019
3 095

Alimentchi otaning jazosi

Alimentchi otaning jazosi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Bobonazarov tomonidan undiruvchi N.Tursunovaning foydasiga ikki nafar farzandi voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.

Qarzdor Sh.Bobonazarov aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, Pastdarg‘om tuman ma’muriy sudining qarori bilan unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fuqaro Sh.Bobonazarov ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan va bugungi kunga qadar uning qarzdorligi 7 mln. 865 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.Bobonazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentchi otaning jazosi