
Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (PQ–4435-son, 03.09.2019 y.) kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3 yillik), birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab esa 1 yillik imtiyozli davr bilan, birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar