13:05 / 04.09.2019
2 284

Toshkentda “tonirovka”ni endi faqat YHXB boʻlinmalarida rasmiylashtirish mumkin

Toshkentda “tonirovka”ni endi faqat YHXB boʻlinmalarida rasmiylashtirish mumkin
Joriy yilning 4-sentyabridan boshlab banklarda “tonirovka” uchun ruxsatnoma olish masalasida berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish toʻxtatildi, sababi ruxsatnoma berish uchun qoʻshimcha nuqtalar faoliyatiga boshqa ehtiyoj yoʻq (xohlovchilar oqimi kamaydi). Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

4-sentyabrdan boshlab haydovchilar YHXBning faqat yettita boʻlinmasiga ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq, “tonirovka” uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish istagida boʻlgan haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi toʻrtta bank rahbariyati bilan birgalikda buni nafaqat YHXB boʻlinmalarida, balki 39ta tuman bank filiallarida amalga oshirish imkoniyatini yaratgandi.

Bu, IIBB maʼlumotlariga koʻra, avtoulov oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma olish uchun pasaytirilgan stavkalar tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan shov-shuv bilan bogʻliq navbatlarning oldini olishga yordam berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “tonirovka”ni endi faqat YHXB boʻlinmalarida rasmiylashtirish mumkin