“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning qabuliga elektron navbat orqali yozilish tartibini joriy etish haqida petitsiya e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, mansabdor shaxslarning topshiriqlar bo‘yicha hududlarda yurishi, xizmat safarlarida bo‘lishi sababli ularning qabuliga kirish doim ham oson bo‘lmaydi.
“Shuni inobatga olgan holda, amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda onlayn tarzda mansabdor shaxslarning qabuliga yozilish imkoniyatini yaratishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, bunda fuqaro onlayn qabulga yozilish jarayonida o‘z murojaatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni ilova qilsa, qabul vaqtida rahbar va mas’ul xodimlar murojaatni yanada samarali hal etadilar.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning qabuliga elektron navbat orqali yozilish imkoniyatini joriy etishni taklif qilaman”, - deyiladi petitsiyada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?