Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 7 sentyabr kuni soat 18:38da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Yakkamulla MFYda joylashgan “SILK ROAD GAS SERVICE” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida avtomobil yonayotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 18:48da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km) va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:50da qurshab olinib, soat 18:53da to‘liq o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa oqibatida “Kia Forte” rusumli avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi - avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi