Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi ayrim MTMlarda sariyog‘ o‘rniga margarin berilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
«Bong.uz» va «Jamiyat» gazetasi muxbiri mazkur masalani o‘zgarish uchun joylarda bo‘lgan.
Jurnalistning viloyatga surishtiruvga borishi ortidan mutasaddilar buni oldini olishga harakat qilgani bo‘yicha audiolar tarqaldi.
Xuddi shunday audiomateriallardan birida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovga tegishli ekani aytilgan ovozning o‘z qo‘l ostidagi xodimlardan biri bilan gaplashgani aks etgan.
Boshliq surishtiruvga kelgan jurnalist bilan hech kim gaplashmasligi, informatsiya bermasligini, ularni binolarga kiritmaslik va jurnalistni tamagirlik holatida qo‘lga tushirishga harakat qilishni buyuradi.
Shuningdek, muammoga sababchi bo‘layotgan ayrim MTM rahbarlarini «chiroyli» so‘zlar bilan «siylaydi». Ta’minotchilarga ma’lum muddat bog‘chalarga barcha mahsulotlarni to‘lig‘icha tarqatishni (!), bog‘chalarda esa shu kuni sarhil ovqatlar qilishni(!) buyurgan.
Audioning to‘lig‘ini ushbu videoda tinglashingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida