12:58 / 10.09.2019
2 991

O‘zbekistonda 9 sentyabr kuni kamida to‘rtta mashina yonib ketdi (video)

O‘zbekistonda 9 sentyabr kuni kamida to‘rtta mashina yonib ketdi (video)
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Navoiy viloyatining Navbahor tumani «Qalqon-ota» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan yo‘lda 9 sentyabr kuni soat 9:20 atrofida HOWO rusumli yuk mashinasi yonib ketgan.
Yong‘in oqibatida ‘Madina avtoservis’ kompaniyasiga tegishli tayyor beton tashuvchi HOWO yuk avtomobilining to‘rt dona old shinasi, motor hamda salon qismi yonib zararlangan.

«Jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy sababi — motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv», — deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (DYoXX).
Shu kuni soat 12:45 atrofida Buxoro viloyati Buxoro tumani «Yangi turmush» mahalla fuqarolar yig‘ini Qorajeri qishlog‘ida yo‘l yoqasida turgan «VAZ-2101» rusumli yengil mashina yonayotgani haqida xabar tushgan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
DYoXXdan xabar berishlaricha, avtomobil gaz quvuridan sizib chiqqan gaz salonda yig‘ilib qolishi va avtomobilni o‘t oldirish vaqtida gaz va havo aralashmasining chaqnashi yong‘inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa oqibatida avtomobilning saloni qisman yonib zararlangan. Chaqnash vaqtida avtomobil egasi — fuqaro J.B. kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, 9 sentyabrga o‘tar kechasi va 9 sentyabr oqshomida ham ijtimoiy tarmoqlarda mashinalar yonib ketgani haqida videoxabarlar qoldirildi.
Xususan, Toshkentning Feruza dahasida ko‘p qavatli uylarning hovlisida turgan yengil mashina yonib ketgani xabar qilingan. Videoxabarda o‘t o‘chiruvchilar butkul olov ichida qolgan mashina ustiga ko‘pik purkayotganini ko‘rish mumkin.

Oqshomda esa Toshkentning Nukus ko‘chasida, 1-notarial idora oldida Damas mashinasi yonib ketgani haqida ko‘plab videoxabarlar tarqaldi. Qayd etish joiz, Feruza dahasi va Nukus ko‘chasidagi holatlar bo‘yicha rasmiy axborot berilganicha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 9 sentyabr kuni kamida to‘rtta mashina yonib ketdi (video)