O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi.
Bugun, 10 sentyabr kuni Xalqaro Islom akademiyasida diniy idora, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari, hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan, ammo idora raisi o‘z lavozimida qolgan.
Muftiy lavozimini tark etgani to‘g‘risida dastlab Azon.uz sayti xabar tarqatgandi, keyinroq Kun.uz manbalari bu ma’lumotni tasdiqlagandi.
Ma’lumot uchun, Usmonxon Alimov 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil olgan.
U uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi «Imom Buxoriy» jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishlagan. 2000—2006 yillari O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, 2006 yil avgustdan diniy idora raisi, muftiy sifatida ishlab kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti