Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Uchtepa tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 9 sentyabr, dushanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.
Yong‘in soat 16:02 da Foziltepa ko‘chasi 34-uyda joylashgan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli maxsuslashtirilgan avtoxo‘jalik xududidagi avtoservisda yuz bergan.
Oqibatda xo‘jalik hududida ijarada bo‘lgan «B.M.Shonosirov» YaTTga qarashli avtomobillar shinalarini yamash ustaxonasining ichki va tom qismi 60 kvadrat metr maydoni yongan.
O‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan manzilga soat 16:11 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:24 da bartaraf etilgan.
Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inga olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin