11:04 / 11.09.2019
4 182

Tergovchi va prokurorlarga yangi vakolat beriladi

Tergovchi va prokurorlarga yangi vakolat beriladi
O‘zbekistonda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yangi vakolat beriladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.

Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmi joriy etiladi.

Bu boradagi tegishli kompleks chora-tadbirlar 2021 yil yanvar oyigacha ishlab chiqilishi lozim. Ijro etilishiga mas’ul - Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Komilov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tergovchi va prokurorlarga yangi vakolat beriladi