Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 59 yoshli S.A. bir dona Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 7 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954 yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi