Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon shahrida oʻtayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 14-sentyabr kuni Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif davomida, shuningdek, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida sanoatni kompleks rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar bilan tanishish moʻljallangan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalarini koʻzdan kechirish, tadbirkorlar, ziyolilar bilan uchrashish ham rejalashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar