
Buxoro 2020 yilda «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingan. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Qohira shahrida o‘tgan O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 9-raundida aytilgan.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Misr Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Hani Salim rahbarlik qilgan.
Hozirgi vaqtda geografik jihatdan uzoqligi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning mavjud salohiyati yetarlicha foydalanilmagan. Shu nuqtai nazardan, Hukumatlararo qo‘shma komissiya va O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishning muhim mexanizmi ekani aytilgan.
BuxoroIslom MadaniyatiO‘zbekiston-MisrSavdo-IqtisodiyInvestitsion HamkorlikGeografik Jihatdan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar