2 503
Shavkat Mirziyoyev: Joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr, seshanba kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilishda, jumladan, import qilinayotgan texnologik uskunalardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
«Chunki joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlangan. Bunga yer ajratish, qurilishga ruxsat berish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulash kabi masalalar to‘siq bo‘lgan», — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev uskunalar xarid qilgan tadbirkorlar muammolarini tezda hal etish, rejalashtirilgan korxonalarning ishlab ketishiga ko‘maklashish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar bergan.
«Biznes-ombudsmanga import qilingan texnologik jihozlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha jarayonni tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida muvofiqlashtirish tavsiya etildi», — deyiladi rasmiy axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi