Foto: Flickr
O‘zbekistonda o‘smirlar, yosh kelin-kuyovlar va ota-onalarning reproduktiv salomatlik sohasidagi tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida maxsus axborot-ma’rifiy portal ishlab chiqiladi.
Bugun, 20 sentyabr kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi qabul qilgan qarorda shu haqda aytib o‘tilgan, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Portalni yaratish va ishga tushirish vazifasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Respublika reproduktiv salomatlik markaziga yuklatildi.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar uchun jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Bunda bola va o‘smirlarning yoshi, psixologik va jismoniy o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Dastur loyihalarini ishlab chiqish bilan Xalq ta’limi vazirligi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va boshqa manfaatdor vazirlik-idoralar shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi