Sharof Rashidov tumanida faoliyat olib boruvchi ohak ishlab chiqarish sexi energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan.
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda ushbu noqonuniy holat aniqlandi.
Ya’ni, bunda huquqbuzar korxonaga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasining filtr qismiga 80 sm. po‘lat sim o‘tkazib, hisobga olish priborlarini ko‘rsatgichini sun’iy to‘xtatib qo‘yishni maqsad qilgan.
Holat yuzasidan, Jizzax viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, ta’minotchi korxona manfaatiga 49 million 818 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Noqonuniy hatti-harakat bo‘yicha korxona rahbari bugungi kunda pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qopladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi