Bugun, 20 sentyabr kuni, Oliy Majlis Senati binosida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining dastlabki majlisi o‘tkazildi. Unda senatorlar va deputatlar tomonidan qabul qilingan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash masalalari o‘zaro muhokama qilindi. Anjumanda Komissiya raisi, senator Iqbol Mirzo qo‘shma qaror bo‘yicha xalqning munosabati, ushbu hujjatning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.
“Ushbu qo‘shma qaror qabul qilingandan keyin ijtimoiy tarmoqda juda ko‘plab muhokamalar bo‘ldi. Asosiy ko‘tarilgan masala bu fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan erkinlik huquqlarini cheklab qo‘ymaydimi, degan munozaralardir. Bu cheklovlarni yoqtirmagan odamlar turli yo‘llar bilan nayrang qilishga harakat qilishdi. Yuristlarimiz bu fikrni keskin rad qilib, bu yerda insonning hech qanday huquqlari buzilmaganligini asoslab berishdi. Biz odamlarga to‘yini tartibli o‘tkazishlarini, ortiqcha dabdaba qilib kambag‘al odamlarning izzat-nafsiga tegmasliklarini, boshqalarning tinchini buzmasliklarini so‘rayapmiz, xolos. Ularni insofga qaytarmoqchimiz. Agar insofga chaqirish Konstitutsiyaga zid kelsa, buni alohida ko‘rib chiqish kerak.
Muhokamalarga sabab bo‘lgan ikkinchi masala - to‘ylarga ichki ishlar xodimlari aralashuvi. Maqsad to‘y haqida ichki ishlar boshqarmalarini xabardor qilib qo‘yishdir. Ularning vazifasi to‘y kortejlari harakatlanayotganda xavfsizlikni ta’minlash, to‘yxonalarda tartibni saqlash hisoblanadi. Odamlar ichki ishlar xodimi to‘yxonalarga kirib mehmonlarni sanaydimi, degan fikrga borishyapti. Unday emasligini to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak.
Iqbol Mirzoning ta’kidlashicha, senator va deputatlarning ushbu qarori xalq uchun juda zarur edi. Ba’zi odamlar boshqa muhim va hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar ham bor, qonun chiqaruvchilar bekorchimi, deb iddao qilishdi. Aslida, bu muammo ancha yillardan beri xalqni ezib kelyapti va u tartibga solinishga muhtoj. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?