2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.
Bundan oldin, talabalarga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingandi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiya bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan (xorijiy talabalardan tashqari) Oliy ta’lim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi