Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postiga kirib kelgan M.I. ismli xorij fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, u madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
M.I. ismli fuqaroning yuklari orasidagi afg‘on qozonining qopqoq rezinasi orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 52 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga asosan, 52 dona tanga miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb qilinganligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi