Foto: Facebook/Andrey Kubatin
26 sentyabr, payshanba kuni o‘zbekistonlik iste’dodli yosh olim, turkologiya mutaxassisi, 2017 yili davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olingan Andrey Kubatinning ishi Toshkent viloyati sudida ko‘rib chiqildi. Kubatin to‘liq oqlandi va sud zalidan ozod etildi. Ushbu ma’lumotni Andrey Kubatinning o‘zi va rafiqasi tasdiqladi.
2017 yili Kubatinga nisbatan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Kubatin Turkiya fuqarosiga davlat siri aks etgan hujjatlarni berib yuborishda ayblangan, ammo bu ayblov sudda o‘z isbotini topmadi. Shunga qaramay, yosh olimga jazo belgilanishi faollarning hamda dunyo ilmiy hamjamiyatining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
O‘zbekistonlik va xorijlik olimlar, huquqshunoslar, Kubatinning yaqinlari va hamkasblari tomonidan aytilgan ko‘plab e’tirozlar, turli instansiyalarga yo‘llangan murojaatlardan so‘ng ish qayta ko‘rib chiqildi. Natijada Andrey Kubatin aybsiz ekanligi e’tirof etildi va u sud zalidan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin