Turkiyaning Izmirida sharqona shirinliklar tayyorlash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta davlatdan, jumladan Turkiya, Jazoir, Ozarboyjon, Tunis, Misr va Livandan qandolatchilar jamoalari musobaqalashishdi.
Chempionatda O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi jamoasi ham qatnashdi.
Qandolatchilar 3 kun davomida o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Chempionatni mezbon jamoa vakillari milliy shirinliklardan badiiy kompozitsiyalar yaratib boshlab berishdi.
2-kun yakka va jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tgan. 3-kun esa chempionat ishtirokchilari 3 ming metrlik tort tayyorlab, rekord o‘rnatish maqsadida birlashishdi.
E'tiborlisi, chempionat yakunlariga ko‘ra bosh sovrin – gran-prini O‘zbekiston vakili, uyushma qoshidagi Xalqaro o‘zbek pazandachilik san'ati markazi bitiruvchisi Xilola Abzalova qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi