Fuqaro B.S.ni bir emas, bir necha shaxslar «burchakka taqadi»: 50 ming AQSh dollari bermasang, holingga voy... Nega? Unga bir ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirni ko‘rsatishdi: «Buni ishxonangdagilar yoki oila a’zolaring ko‘rsa bormi? O‘x, tamomsan-a?!». Shudog‘am «tamom bo‘lgan» B.S. ularning talabiga rozi bo‘ldi go‘yo. Pulni olib kelish vaqti va makoni kelishilgach, to‘g‘ri tegishli idoraga murojaat etdi.
Mazkur voqelik birorta kinoda bo‘lgani yo‘q. Aynan Toshkentda, poytaxtning qoq kindigida sodir bo‘ldiki, talab qilinayotgan pul miqdoridan kelib chiqilsa, tovlamachilar «katta o‘lja»ni qarmoqqa ilintirishmoqchi bo‘lganini ilg‘ash qiyinmas.
Biroq «o‘lja»yam anoyi ekanmi?!
Uning murojaatidan so‘ng Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Natijada tovlamachilar kelishilgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ayni paytda Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)