7 oktyabr kuni Qo‘shrabot tumanida yashovchi Shoira A.ning o‘g‘li 7 yoshli Saidumar Sh. kundoshi Nigora Sh. maktabdan bolani o‘g‘irlab ketgan.
Shoira bu haqda IIB xodimlariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokratura matbuot xizmati.
Shoira: “7 oktyabr kuni soat taxminan 16:30 larda 2012 yilda tug‘ilgan Saidumarni Nigora tumandagi 48- maktabdan onasiman deb, bolani o‘z uyiga olib ketgan”, deb ariza yozgan.
Nigora muqaddam Shoiraning turmush o‘rtog‘i Ulugbek A. bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgan.
“Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borildi. Tadbir davomida Nigora Saidumarni uyida yashirin tarzda saqlayotganligi aniqlandi. U bolani Ulug‘bek bilan munosabatlarini tiklash uchun o‘g‘irlagan. Bola ota-onasiga qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Nigoraga JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, 07.10.2019 yil kuni Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB TB tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?