Joriy yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan «Qipchoq ponton ko‘prigi»dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 11:30 lar chamasida «Cobalt» rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi