3 037
O‘zbekistonlik talaba Seulda o‘tkazilgan «Quiz on Korea» tanlovi mutlaq g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Hamida Qahramonova Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan «Quiz on Korea» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda Germaniya, Angliya, Portugaliya, Rossiya va Turkiya kabi 20 ta davlatdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etib, ular Koreya madaniyati va tarixi bo‘yicha savollar asosida sinovdan o‘tkazildi.
O‘zDJTU talabasi tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 10 millon von (deyarli 10 ming dollar) pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Hamida Qahramonova O‘zDJTUning filologiya fakultetida koreys tili yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichda tahsil oladi. U joriy yilda KOICA tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan koreys madaniyati mutaxassislari dasturida ham birinchi o‘rinni olib, Janubiy Koreyaga 80 kunlik ta’lim grantini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi