Qoraqalpog‘istonda 13 oktyabr, yakshanba kuni Qo‘ng‘irot—Toshkent poyezdi va Nexia avtomobili o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, 13 oktyabr kuni soat 16:35 da davlat raqami qora rangli Nexia avtomashinasi temir yo‘lning Nukus—To‘rtko‘l qismi 693-kilometrida qo‘riqlanmaydigan kesishmadan yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida, Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘lovchi poyezdi favqulodda tormoz berib, avtomobilni urib to‘xtagan.
Ushbu avtomobil Nukus shahrida yashovchi M.A.ga tegishli ekanligi aniqlangan. To‘qnashuv vaqtida mashina uning egasining o‘g‘li 1985 yilda tug‘ilgan Marat Allamuratov boshqaruvida bo‘lgan va avtomobilda uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Poyezd soat 16:35 da to‘xtab, 16:52 da o‘z yo‘nalishini davom ettirgan. To‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi