10:03 / 15.10.2019
2 798

BAA va Qatarning to‘rt shayxiga qo‘riqxonalarda ov qilishga ruxsat berildi

BAA va Qatarning to‘rt shayxiga qo‘riqxonalarda ov qilishga ruxsat berildi
Qozog‘iston hukumati Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarning to‘rt shayxiga 2019 yilning oktyabr-noyabr oylarda lochinlar yordamida Qozog‘iston qo‘riqxonalarida ov qilishga ruxsat berdi.

Bosh vazir Askar Mamin tomonidan imzolangan farmoyish Qozog‘iston huquqiy normativ aktlar axborot-huquqiy tizimi saytiga joylashtirilgani haqida O‘zA xabar bermoqda.

Farmoyishga ko‘ra, Olmaota, Jambil, Qizil O‘rda va Turkiston viloyatlari rahbarlariga shayxlarning ov qilishlarini tashkillashtirish uchun “zarur yordamlarni ko‘rsatishlari”, Bojxona xizmatiga esa Qozog‘istonga olib kiriladigan ov lochinlarini rasmiylashtirish yuklatilgan.

Har bir ovlangan parranda uchun shayxlar Qozog‘iston byudjetiga 260 ta oylik hisob ko‘rsatkichi (656 600 tenge yoki 1700 AQSh dollari)da pul to‘laydi. Qozog‘iston hukumati bir necha yildan buyon arab shayxlariga bu qushlarni ovlashlariga ruxsat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BAA va Qatarning to‘rt shayxiga qo‘riqxonalarda ov qilishga ruxsat berildi