
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi «Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulklarni olib qo‘yish, sotish va yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xonqa tuman markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan tovarlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada jinoyat va ma’muriy ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan davlat daromadlariga o‘tkazilishi belgilangan tovar moddiy boyliklar xaridorgir narxlarda savdoga chiqarildi.

Shuningdek, haftaning juma va yakshanba kunlari o‘tkazib kelinayotgan yarmarkada 11,5 mln so‘mlik kiyim-kechaklar, poyabzallar arzonlashtirilgan narxda sotuvga qo‘yildi.
Xonqa TumanArzonlashtirilgan TovarlarSavdo YarmarkasiDavlat DaromadlariKiyim-KechaklarPoyabzallar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar