
Foto: FVV YOXBB matbuot xizmati
2019-yilning 15-oktyabr kuni soat 01:03da Toshkent shahri M.Ulugʻbek tumani Qori Niyoziy koʻchasida 8-uyda joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Eldor Dilfuza” oziq-ovqat doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga toʻrtta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar chaqirilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Yongʻin soat 01:11da oʻrab olinib, soat 01:15da bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida doʻkonning 20 kv. metr maydonda shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan. Yongʻindan doʻkonning 50 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar