Toshkentlik fuqaro Ye.Jurov mashinaning orqa yon oynasiga parda taqish masalasida sudda yutib chiqdi deb yozadi "Xabar" nashri.
Shu yilning 3 avgust kuni Ye.Jurov «Neksiya» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganda YPX inspektori to‘xtatadi va avtoulovning orqa yon oynalariga beruxsat parda qo‘yib olganlik aybi bilan unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid bayonnoma rasmiylashtiradi. Inpektor bu jarayonda haydovchining gaplariga quloq solib o‘tirmagani ehtimoli katta. Shuningdek, Ye.Jurovning bayonnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortgani ham.
Shu tariqa Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining (MJtK) 126-moddasi 1-qismi bilan bezatilgan «delo» sudga oshirildi. Bilasiz, mazkur modda «Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish» deya nomlanib, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima to‘lashga majbur etiladi.
Yo‘q joydan shuncha jarima to‘lash kimga yoqadi? Qolaversa, orqa yon oynalardagi parda, 126-modda bayonida ko‘rsatilganidek, haydovchining «tevarak-atrofni ko‘rishini» cheklamasa...
Qisqasi, uch kun avval — 16 oktyabr sanasida Yashnabod tuman ma’muriy sudi sudyasi U.Madiyeva mazkur «ish»ni ezg‘ilab-ezg‘ilab ko‘rdi va... haydovchi foydasiga qaror chiqardi. Ya’niki, Ye.Jurovning xatti-harakatlarida MJtKning 126-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yo‘q.
Mazkur sud qarorini YPX inspektorlariga tushirilgan navbatdagi «tarsaki» deyish mumkin. Zero, keyingi paytlarda mashinaning orqa yon oynalariga parda ilish qoidabuzarlikmi yoki yo‘qmi degan ma’noda chunonam bahs-munozara bo‘lmoqda. Aksariyat bilgichlar «bunda huquqbuzarlik yo‘q» deyishiga qaramay, YPX xodimlari hamon o‘z bilganicha ish tutishmoqda...
Mazkur misol shu gapga yana bir dalil. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"