00:03 / 19.10.2019
5 275

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video)

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video)
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida «Kamaz» yuk mashinasi va Damas avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea aynan qachon yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Avariya videosi Telegram’dagi kanallarda tarqalgan.

Kuzatuv kameralariga tushgan videoda Damas quvib o‘tish qoidasini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib borgani va manyovrni tugatishga ulgurmay, oldidan kelayotgan «Kamaz»ga urilganini ko‘rish mumkin. To‘qnashuvdan so‘ng yuk mashinasi Damas’ni bir necha metrga sudrab ketgan.

«Damas mashinasi noto‘g‘ri burilishi tufayli katta yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Damas’da bo‘lgan qizcha vafot etgan, haydovchi esa reanimatsiyaga olib ketilgan» ,— deyiladi Telegram’da qoldirilgan xabarlarning birida.

Hozircha ushbu holat yuzasidan vakolatli organlar rasmiy axborot berganicha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video)