2 543
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritiladi
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222-II-sonli Qarori 1-ilovasi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- «Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish»;
quyidagi mazmundagi ellik sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
«Qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;
- ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi