7 434
Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva urush changalidan olib kelingan bolakaylar holidan xabar oldi (foto)
Foto: Otabek Umarovning telegram kanali
Bu haqda Otabek Umarov o‘zining telegramdagi kanalida xabar berdi.
«Prezidentimiz @shmirziyoyevning qat’iy irodasi va sa’y-harakatlari bilan Iroq va Suriyadagi urush changalidan olib kelingan bolakaylar endi xavfsiz joyda. ⠀⠀
Ayolim bilan ular holidan xabar olib keldik. Bunga bir necha kun bo‘lganiga qaramay, xayolim o‘sha kunga qayta-qayta olib ketyapti. Bolakaylarning jajji qo‘llaridan ushlab, ko‘zlariga boqqanda poklik, mehr-muhabbat, nur ko‘rasan va tushunolmaysan kishi — nima uchun biz, kattalar dunyodagi yovuzlikni to‘xtata olmaymiz, nima uchun hamon atrofimizda o‘q ovozlari eshitilmoqda...⠀⠀
Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Bu yorug‘ olamdagi go‘daklarning barchasi bizning farzandimiz. Ularning tabassumi va ko‘z yoshlari, quvonchi va qayg‘usi, buguni va ertangi kelajagi uchun ham barchamiz javobgarmiz», deb yozadi u.
Foto: Otabek Umarovning telegram kanali
Foto: Otabek Umarovning telegram kanali
Eslatib o‘tamiz, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, «Mehr» operatsiyasi doirasida Suriya va Iroq hududidan avvaliga 156 nafar, so‘ng 64 nafar og‘ir sharoitda qolayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi