Bugun Jizzax viloyati hokimligida tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.
Tashkiliy masalada shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi bo‘lgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich
Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018 yil 13 avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Uning o‘rniga tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada 2018 yilning 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xolbutayev Mahmud Parsamatovich Sharof Rashidov tumani hokimi etib tanishtirildi.
Shuningdek, Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi