
26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova hasharchilar holidan xabar olish, ularning mehnatlari har qancha tahsinga loyiq ekanligini yana bir bor e’tirof etish maqsadida Sirdaryo viloyati paxtazorlariga tashrif buyurdi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Dastavval Mirzaobod tumanidagi “Bek klaster” MChJga qarashli paxtazordagi hasharchilar bilan uchrashgan E.Basitxanova terim sur’atini tushirmay, viloyat xirmoniga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar bilan dildan suhbatlashdi.

Bugungi globallashuv davrida o‘zligimizdan chekinib, hashar singari ajoyib qadriyatlarimizni boy berib qo‘yishimiz kerak emasligini ta’kidladi.
O‘zbekiston RespublikasiElmira BasitxanovaSirdaryo ViloyatiXotin-qizlar Qo‘mitasiPaxta DalaHasharchilar Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar