
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, 26 oktyabr kuni soat 22:45da Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Shahar sil kasalliklari shifoxonasi yaqinida 19 yoshli Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, elektr simlari ustuniga urilgan.
YTH oqibatida haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar, 19 yoshli Diyor K, Javohir Z va Muhammadaziz A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Nexia haydovchisining tezlikni oshirgani hamda uning boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida yuz bergan.
ToshkentNexia HaydovchisiYo‘l-Transport HodisasiOlmazor TumaniTan JarohatlariTibbiy Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar