
Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat taxminan 20:00 da Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan o‘tgan “M-39” yo‘lida “Damas” va “Jiguli” avtomobillari to‘qnashishi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Jarohatlangan bemorlar: 1996 yilda tug‘ilgan A.G. “Bosh miya lat yeyishi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq shikastlanishi” tashxisi, 1985 yil tug‘ilgan Sh.J. “Bosh miya chayqalishi” tashxisi, 1997 yilda tug‘ilgan J.E. “Bosh miya lat yeyishi, pastki jag‘ suyagining yopiq sinishi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq shikastlanishi” tashxisi hamda 1985 yilda tug‘ilgan S.M. esa “Ochiq kalla miya shikastlanishi, ikkala son bo‘laklanib sinishi, o‘ng yelka suyagining ochiq bo‘laklanib sinishi. Postgemorragik va posttravmatik shokning og‘ir darajasi” tashxisi bilan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ularga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Bemorlarning ahvoli malakali shifokorlar nazoratida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar