Foto: @milliygvardiyauz_official
Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining sergakligi tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat taxminan 15:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ushbu hududda joylashgan Chorbog‘-1 ko‘prigida noma’lum erkak kishi ko‘prik o‘rtasiga borganida harakatdan to‘xtab daryoga yuzlangani guvohi bo‘lishgan. Bu vaziyatdan shubhalangan xodimlar tezda fuqaro tomon harakatlanib, to‘xtatishlariga qaramay, fuqaro o‘zini ko‘prikdan suvga tashlagan.
Safdorlar I.Nosirov va B.Mirzaabdullayevlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Hozirda ushbu fuqaro «chap oyoq suyagi yopiq sinishi» tashxisi bilan Bo‘stonliq tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari davomida o‘zini suvga tashlagan shaxs Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.R. ekanligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di