Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini noto‘g‘ri qo‘llashga oid holatlarga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib borishmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi qing‘irlik fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ya’ni poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, bo‘yalgan matolar tovari deklaratsiyada ko‘rsatilgan omborga emas, boshqa omborda saqlanayotgani bojxonachilar e’tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida, konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritish boshqarmasiga holatga oydinlik kiritish uchun jo‘natildi.
Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilganidek bo‘yalgan matolar tovari emas, balki, sinel matolar saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi