
"Xafa bo‘lish yo‘q" dasturi boshlovchilari insonlarga hazil qilishni davom etmoqda. Bu safar hazilning o‘ljasi yosh yigit bo‘ldi. Bu haqda Yeverday.uz nashri ma’lum qildi.
Aytilishicha, dastur boshlovchilari yosh yigitning to‘yiga kelib unga hazil qilishadi. Ya’ni, ularning ssenariysi bo‘yicha kuyovning sobiq yaxshi ko‘rgan qizi uning to‘yiga kelin ko‘ylakda keladi va to‘y mehmonlariga yigitni qattiq sevganini aytadi.
Hazil ishonchli chiqqanidan kelin yig‘lab yuborgan va to‘yni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Yaxshiyamki dastur boshlovchilari bu hazil ekanini aytgan va hammasi joyiga tushgan. Dasturning ushbu soni Qashqadaryoda suratga olingani aytilmoqda.
Ta’kidlash joizki, oldinroq boshlovchilar shou-biznes yulduzlari bilan hazil qilishgan va ko‘plab artistlar qo‘pol hazillarga e’tiroz bildirishgan.
Xafa Bo‘lishYosh YigitTo‘y BuzilishiQashqadaryoDastur BoshlovchilariHazil Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar