08:08 / 04.11.2019
1 982

InnoWeek-2019. “Future Foresight”ning faol ishtirokchilari Birlashgan Arab Amirliklariga stajirovkaga yuboriladi

InnoWeek-2019. “Future Foresight”ning faol ishtirokchilari Birlashgan Arab Amirliklariga stajirovkaga yuboriladi
Joriy yilning 28 oktyabr – 1 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va Kelajak ishlari bo‘yicha vazirligi bilan hamkorlikda “Future Foresight” seminar-treninglar tashkil etildi.

BAA Bosh vaziri Mahkamasining mutaxassisi Muhammad Xassan Ahli boshchiligida o‘tkazilgan seminarda respublikamizning 40 dan ortiq vazirlik va idoralaridan 250 ga yaqin davlat xizmatchilari, Davlat boshqaruv akademiyasining pedagog xodimlari hamda akademiyaning tinglovchilaridan iborat 55 nafar malakali mutaxasislar ishtirok etdi.
Tadbir ochilish marosimida so‘zga chiqqan Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov seminar ishtirokchilarini qutladi.

– 21-asr murakkab jarayonlar va o‘zgaruvchan texnologiyalar davri, – dedi A. Nazarov. – Jamiyat va iqtisodiyotining rivojlanishini uzoq muddatli prognozini qilish va bunga tayyor turish hukumatlar va peshqadam insonlar oldida turgan muhim vazifalardandir. Hukumat va jamiyatning global o‘zgarishlarga tez moslashuvchanligi mamlakatlarning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Shu munosabat bilan davlat xizmatchilariga tashkil etilgan mazkur seminar-treninglar ularga kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashorat qilish va pirovardida kelajakda xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Seminar-trening ishtirokchilariga an’anaviy rejalashtirishda muvaffaqiyatsizliklarning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish, strategik prognozda tashqi ta’sirlarga ko‘maklashuvchi omillar haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, davlat xizmatchilarining ish samaradorligini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, kelajakni prognozlashtirish va forsayt texnologiyalaridan unumli foydalanish orqali tashabbuskorlik va natijadorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi hamda ishtirokchilarning orttirgan bilimlariga baho berildi.
Shuningdek, 5 kun mobaynida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda eng faol ishtirok etgan 15 nafar nomzodlarni kelgusida Birlashgan Arab Amirliklarida “Future Foresight” bo‘yicha malakalarini oshirish uchun yuborishga kelishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » InnoWeek-2019. “Future Foresight”ning faol ishtirokchilari Birlashgan Arab Amirliklariga stajirovkaga yuboriladi