
Foto: Oʻzneftegazinspeksiya
Joriy yilning sentyabr oyida “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan respublikada joylashgan 60 ta AGTKSHda nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar natijasida bir qator qoʻpol qoidabuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomobillarni gaz bilan toʻldirilishi, nazorat posti bilan taʼminlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarning koʻzdan kechirilmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar qayd etildi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli, nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 60ta AGTKSHdan 13tasining ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
“Oʻzneftegazinspeksiya” axborot xizmatining yozishicha, bugungi kunda benzining sotilayotgan narxi oshib borishi sababli, avtomobillarni muqobil yonilgʻi turiga oʻtqazish, yaʼni siqilgan tabiiy gaz (metan)ga qayta moslashtirilayotgan avtotransportlarning soni keskin oʻsib borilishi kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, metanga boʻlgan talabning keskin oʻsishi bilan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da avtotransportga yonilgʻi quyish jarayonida inson hayotiga xavf tugʻdirmaslik uchun barcha texnik qoidalar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalarga rioya qilishi majburdir.
OʻzneftegazinspeksiyaAGTKSHAvtomobillar GazQoidabuzarliklarNazorat TadbirlarMetan Talab O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar