09:05 / 06.11.2019
2 484

Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi

Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi
Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan.

Toshkent teleminorasi 3ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob’ekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.

Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibining bekor qilinishi natijasida mahalliy va xorijiy turistlar soni ortishi aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi