Dastlab poshnasi baland oyoq kiyimlar fors askarlari otda o‘tirganda qulay bo‘lishi uchun, ya’ni egarda o‘tirishini qulaylashtirish uchun o‘ylab topilgan ekan. Bundan tashqari otlar ustida sakrab kelayotgan otliqlarni baland poshnalar xavfdan asrab turgan ekan. Baland poshnalarning ushbu xususiyatini e’tiborga olgan holda, XXI asrning eng mashhur etiklari bo‘lmish kovboy etiklar yaratildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tmishda kimda kim baland poshnali oyoq kiyim kiygan bo‘lsa, bu narsa o‘sha odam boy-badavlatligidan nishona bo‘lgan ekan. Keyinchalik erkaklar poyabzalining ko‘rinishi butunlay o‘zgarib ketdi. XXII asrda Hindistonda yana poshnali oyoq kiyimlar urfga kirdi. Lekin hindlarning baland poshnalari endi ayollar uchun mo‘ljallangan edi. Bunga isbot tariqasida, Ramappa ibodatxonasidagi ayol haykalida baland poshnali oyoq kiyim tasvirlanganligini misol qilish mumkin.
Keyinchalik O‘rta asrlarda erkak va ayollar oyoqlari iflos bo‘lmasligi uchungina baland poshnali poyabzallarni kiyishgan. Borgan sari ushbu oyoq kiyimlarning ko‘rinishlari bejirimlasha boshlagan. XVII asrlarda Venetsiya cherkovi: agar biror bir ayol erkaklarni o‘zining baland poshnasiga jalb etib, unga erga tegib olsa, uni jazolashini aytgan.
Bugungi kunda ayollarimizning go‘zalligiga hissa qo‘shuvchi baland poshnali tuflilar mana shunday qiziq tarixga egadir.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda