01:02 / 07.11.2019
3 472

Krasnodarda halokatga uchragan yurtdoshimiz ogʻir ahvolda Oʻzbekistonga qaytarildi

Krasnodarda halokatga uchragan yurtdoshimiz ogʻir ahvolda Oʻzbekistonga qaytarildi
Oʻzbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi bergan maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasida mehnat migratsiyasida boʻlgan 5 nafar fuqaro YTHga uchradi. Natijada ularning 2 nafari halok boʻlgan. Ularning bir nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. 3 nafar fuqaro esa Temryuk kasalxonasiga yetkazilgan. Berilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur fuqarolarning 2 nafari biroz ahvoli yaxshilangach Oʻzbekistonga qaytib kelishgan. Biroq 1985-yil Namanganda tugʻilgan Ravshan Toʻxtamatov juda jiddiy jarohat olgan boʻlib, unda suyak sinishlari, ichki aʼzolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma borligi aniqlangan. “Yotoq” bemorini samolyotda Oʻzbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston fuqarosi Ravshan Toʻxtamatovni yurtimizga qaytarish yoʻlida birlashdi. Ularning saʼy-harakatlari samarasi oʻlaroq, bemor 5-noyabr kuni Oʻzbekistonga olib kelindi.

Bemorning turmush oʻrtogʻi Eʼzoza Mamatovaga koʻra, Ravshan Toʻxtamatovga u Oʻzbekistonga yetib kelgungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi yordam koʻrsatgan, vaziyatni nazoratga olgan.

Maʼlumotlarga koʻra, bemorning Oʻzbekistonga qaytarilishida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan, istisno tarzida, Ravshan Toʻxtamatovga “yotoq” joy hamda uning hamrohlari uchun jami 9 ta oʻrin tashkilot hisobidan ajratib berilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi bemorning ahvolini nazorat qiluvchi hamda parvoz payti unga hamrohlik qiluvi maxsus shifokorni safarbar etgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bemorni maxsus zambilda Toshkent aeroportidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markaziga yetkazgan.

Hamroh shifokorning soʻzlariga koʻra, bemor parvoz mahali oʻzini yaxshi qilgan. Qon bosimida oʻzgarishlar kuzatilmagan.

Bemorning turmush oʻrtogʻi barcha tashkilotchilardan minnatdor ekanini aytib oʻtdi, deya maʼlum qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Krasnodarda halokatga uchragan yurtdoshimiz ogʻir ahvolda Oʻzbekistonga qaytarildi