15:30 / 07.11.2019
2 698

Qoraqalpogʻistonda “Sudochye-Akpetki” klaster buyurtma qoʻriqxonasi tashkil qilinadi

Qoraqalpogʻistonda “Sudochye-Akpetki” klaster buyurtma qoʻriqxonasi tashkil qilinadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Sudochye-Akpetki” klaster buyurtma qoʻriqxonasi tashkil qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida, yuridik shaxs tashkil qilgan holda, umumdavlat ahamiyatiga molik, umumiy maydoni 1 061 499 gektar boʻlgan klaster uchastkalardan iborat “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.

Quyidagilar:

buyurtma qoʻriqxonasiga doimiy foydalanishga beriladigan klaster uchastkalarining yer maydoni;

buyurtma qoʻriqxonasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 38 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 7 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlanadi.

Buyurtma qoʻriqxonasi klaster uchastkalaring qoʻriqlanma zonalari maydoni 152 285 gektar etib belgilab qoʻyiladi. Mazkur zonalardagi yerlar yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.

Klaster uchastkalarda muhofazaga olinadigan asosiy obyektlar etib quyidagilar belgilanadi:

“Sudochye koʻllar tizimi” klaster uchastkasida: qirgʻoq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlar;

“Oqdaryo-Qozoqdaryo oraligʻi” klaster uchastkasida: Amudaryo deltasi toʻqaylari, landshaftlari, kanallar va ulardagi suv oqimi, suv, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlar;

“Beltau” klaster uchastkasida: Orolboʻyi va Qizilqum choʻlining eng katta, sirtida tizma-qumlar va taqirlar boʻlgan qoldiq tepaligining hamda sharqiy Karateren koʻlining betakror landshaftlari, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan sudralib yuruvchi hayvonlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlar;

“Akpetki” klaster uchastkasida: kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suvda va suv atrofida yashovchi qushlar, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan yirtqich qushlar, sut emizuvchi hayvonlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Sudochye koʻllar ekotizimining barqarorligini va sanitar holatini saqlash maqsadida uning asosiy qismiga Amudaryo orqali kerakli miqdorda doimiy suv tashlab turilishini taʼminlaydi.

Akpetki koʻllar tizimidagi ekologik vaziyatni yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun suv bilan taʼminlash boʻyicha kerakli chora tadbirlarni amalga oshiradi.

Belgilanishicha:

buyurtma qoʻriqxona Davlat ekologiya qoʻmitasining boʻysunuvida boʻladi;

buyurtma qoʻriqxonasining faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy byudjeti mablagʻlari, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpogʻistonda “Sudochye-Akpetki” klaster buyurtma qoʻriqxonasi tashkil qilinadi