
O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovning mol-mulki va uylari ro‘yxati shakllantirilgan. Bu haqda «7news.uz» ishonchli manbasiga tayanib xabar berdi.
Otabek Murodovning Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5 dagi xonadoni huquqni muhofaza qilish idoralar xodimlari tomonidan tintuv qilingan.
Ishonchli manba Otabek Murodovning Toshkentda hovlisi borligi va unga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari kelib tintuv o‘tkazganini ham xabar qildi. Lekin, hovli borasidagi ma’lumotlar hozircha to‘liq tasdiqlanmadi.
Shuningdek, Otabek Murodovning yaqindagina xavfsizlik idoralaridan birida ish boshlagan jiyani M.A. o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatidagi yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq Bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgani haqida xabar qilgan edik.
O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovdan oldin Rashidjon Qodirov, va Ixtiyor Abdullayev ham qamoqqa olingan edi.
Otabek MurodovToshkent shaharYunusobod tumaniO‘zbekiston RespublikasiBosh prokurorJinoyat ishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar