3 167
1 milliard 724 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Toshkent viloyati Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro S.D. ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 830,5 million so‘mlik jami 5935 dona 3 xil nomdagi dori vositalari hamda bir qancha tibbiyot anjomlari borligi aniqlandi.
Tadbir davomida fuqaro T.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtoulov ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi.
Tekshiruv davomida avtomashinada fuqaro M.B. ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 893,5 million so‘mlik 6029 dona 7 nomdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 1 mlrd. 724 million so‘mlik dori vositalari yashirincha olib ketilayotganligi fosh qilindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi