Abduqodir Muhammadrasul ismli Facebook foydalanuvchisi tadbirkorlarning katta muammolaridan birini ko‘taribdi. Biz ushbu postni o‘zgartirishsiz e’tiboringizga havola qilyapmiz.
“Yoshligimda akalar aytishardi: “Har oyda “ko‘chaga” pul berish kerak. Seni himoya qilishadi“.
Keyinchalik “ko‘cha” ham, “uy” ham davlatni o‘zi bo‘ldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilishardi. Kimdan? O‘zlaridan, albatta.
Pul bermagan savdogarni do‘koniga “ko‘cha”lar kelar, bir ayb topib jarima solib ketishardi. Bir akamiz bir yil pul bermadilar. Rosa xursand yurdilar. Biz har oyda 150 dan berib borardik. Yil oxirida akamiz do‘konlariga kelib uch kun poylab, oxiri chek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 ga a’zo qilib ketdi.
2008 yil. Tumanga “dolya”sini berib borar edik. Do‘konga bir oila kirdi. Xaridlar qilishdi. Hatto farzandiga ham narsalar olishdi. Hisobda dollar berib chiqishdi. “Xaridorlar” ochgan eshikni soliqchilar yopishdi. “Respublikadanmiz!“.
Tumanga qo‘ng‘iroq qildik. “Aka, bizlarga pul berishingizni aytmang iltimos! Bizni kuchimiz yetmaydi. O‘zingiz hal qilib oling“. 4000 norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solishdi.
Rahbarimiz o‘sha haqiqiy ko‘chalarni qumsab qoldilar. “Ular bo‘lganida gapiga javob berardi. Bosmachi bo‘lsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...“.
Uch yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yo‘q bo‘lgandi. Shu davr mobaynida birovga bir so‘m bermadik. Belgilangan soliqlarni to‘lab odamdek ishladik. Kecha “ko‘chalar” kelishibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni ko‘rarmishmiz...“
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu vaziyatga oydinlik kiritishiga umid qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi