14:30 / 12.11.2019
2 389

Prezident Markaziy bankka oid qonunni imzoladi

Prezident Markaziy bankka oid qonunni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasining “Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qonun bilan Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi kabi masalalar mustahkamlab qoʻyildi.

Qonunga Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritildi. Yaʼni, Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- haq toʻlanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish mustasno;
- banklar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;
-oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab undan foydalanish.

Qonunga muvofiq, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik subyektlarining va Qonunda belgilangan boshqa subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazish uchun jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mustaqil aʼzolar Markaziy bank raisining taqdimnomasiga koʻra Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Markaziy bankka oid qonunni imzoladi